BUYUK IPAK YO‘LIDA JOYLASHGAN MINGTEPA SHAHRI
Durdona To‘lqinova Umidjon qizi,
Andijon Davlat Universiteti talabasi .
Mustaqillik davridan boshlab yurtimiz tarixini o‘rganish
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va buning uchun keng imkoniyatlar berildi.
O‘tgan asrdan beri arxeologiya sohasi katta
yangiliklar va olam shumul o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazdi.Bugungi kunda yurtimizda
mahalliy tadqiqotchilar va ko‘plab xorijiy
olimlar arxeologik izlanishlar olib bormoqda. Shunday tadqiqot ob’yektlaridan biri
bir-necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan, Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan hamda jahondagi
eng qadimiy davlatlardan bo‘lmish Dovon davlatining poytaxti Mingtepa shahri. Mingtepada
olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kamida ikki yarim ming yillik
tarixga ega. Qadimgi Dovon davlati ( mill.avv. II asr ) haqida yunon manbalarida
ma’lumotlar uchramaydi, biz Dovon tarixi uchun zaruriy bo‘lgan ma’lumotlarni faqatgina
xitoy manbalaridan olishimiz mumkin. Xitoy muarrixlari asarlarida Ershi shahri Dovonning
poytaxi deb berilgan. Xitoyshunos olim Bichurin Ershi bu Qo‘qon shahri bo‘lishi
kerak degan fikrni bergan. [1.31] Lekin shu vaqtgacha Qo‘qon shahri atrofidan katta
hajmdagi yodgorlik topilmagan. Yana bir xitoyshunos olim va arxeolog Bernshtam Ershi
shahri va uning joylashgan o‘rni haqida jo‘yali fikr bildiradi. Andijon
viloyati, Marhamat tumanida joylashgan Mingtepa shahar harobasi Dovon poytaxti Ershi
ekanligi haqida habar beradi. Xitoy manbalarida shaharni Farg‘ona vodiysini sharqiy
qismida joylashganligi haqida so‘z boradi. Mingtepa hududiy jixatdan ham Ershiga
to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari Mingtepa katta hajmni egallagani va mustahkam mudofaa
devori bilan o‘ralganligi buning isbotidur. Shu kungacha Mingtepadan ulug‘vorroq
yodgorlik vodiydan topilmadi. Ilmiy kengash Mingtepani Dovonning markazi -Ershi
deb tan oldi. Mingtepa Axsikent shahri ekanligiga chin dildan ichonuvchi Anarboyev
ham “ Vodiynoma “ jurnalidagi ( 2016-yil 1-son ) maqolasida Mingtepa – bu Ershi
degan fikrni tan oldi.
Ershi shahri
haqida Xitoy manbalarida ma’lumotlar saqlanib qolishining sababi shundaki, Mingtepa
Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan. Ya’ni Qoshg‘ar – Farg‘ona yo‘lagida
o‘ziga xos o‘rin egallagan. Mingtepa tarkibiga kiruvchi Qorovultepa yodgorligi orqali
O‘sh va Aravon ( Qirg‘iziston ) shaharlariga o‘tilgan. Bundan ikki ming yil muqaddam
Mingtepa ( Ershi ) shahri juda ham gavjum bo‘lgan. Chunki Farg‘ona ipak yo‘lining
markazi bo‘lgan. Xitoyga boradigon karvon ham, O‘rtayer dengiziga boruvchi karvonlar
ham, Hindistonga boruvchi karvon ham aynan Mingtepadan o‘tgan. Xitoy elchilari mill.
avv. 138 – yilda kelgan shahar ham aynan Ershi shahridur.
Farg‘ona
xususan Mingtepa Ipak yo‘li bo‘ylab o‘z samoviy otlari bilan nom chiqargan. Biz
bevosita uni otlar shahri diyishimiz mumkin. Xitoy elchilarida samoviy tulporlarimiz
katta qiziqish uyg‘otgan. Xitoy hukmdori U-Di Duldul otlarga almashtirish uchun
Che Lin raxbarligidagi elchilarni katta sovg‘a- salom bilan yuborgan. Taxminan 200-500
kg miqdoridagi ot haykallarini olib kelishgan. Lekin otlar qimmatbaho sovg‘alarga
almashtirilmaydi. Bundan g‘azablangan U-Di Ershiga qo‘shin tortadi, ikki marotaba
qattiq jang bo‘lib o‘tdi. Birinchi jang mill.avv.104-102 yillarda amalga oshirildi,
bu jangda U-Di Dovonni qudratini anglab yetmasdan bor-yo‘g‘i 3 ming kishilik lashkar
yuborgan, natijada mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi jang mill.avv. 101-99 yillarda
bo‘lib otdi, imperator bu jang uchun 60 ming qo‘shin yubordi. Jang juda ham keskin
yuz berdi, shahar 40 kun qamal qilindi, bu holat Mingtepani juda ham mustaxkam qurilganligidan
dalolat beradi. Shahar devorlari shu darajada qalin va chidamli bo‘lgani sababli
40 kun bo‘lsa hamki, istehkomni yorib kirish imkonsiz bo‘lgan. Oxiri Xitoy qo‘shini
sulh taklif qildi, unga ko‘ra Dovon davlati imperatorga samoviy otlarni taqdim etsa
urush tugashini ma’lum qilgan. Ayrim manbalarda Xitoy qo‘shini 3 mingta otga ega
bo‘lgani haqida ma’lumot uchrasa, bazi manbalarda esa 15-20 ta ot bilan kifoyalangan
degan ma’lumotlarni uchratamiz. [1.34] Mingtepa ot savdosidan tashqari kandakorlik
sohasi bilan ham mashxur bo‘lgan, dehqonchilik va chorvachiligi bilan dong taratgan.
Uzoq yillar davomida Ipak yo‘lidagi muhim savdo markazi sifatida geosiyosiy ro‘l
o‘ynagan. Ipak yo‘li albatta savdo uchun har tomonlama ham iqtisodiy, siyosiy tomonlama,
geografik jihatdan qulay bo‘lgan shaharlardan o‘tgan.
Mingtepani
joylashgan o‘rniga tasnif beradigan bo‘lsak, u Andijon viloyati, Marhamat tumanida
joylashgan. Ichki ( 40 ga) hamda tashqi ( 300 ga ) shahardan iborat. Hozirgi kunda
faqat ichki shahar qismi saqlanib qolgan, tashqi shahar qismi esa aholi uylariga
qo‘shilib ketgan. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda katta qiyinchiliklarni boshdan
o‘tkazdi. Mingtepa arxeologik yodgorligi hududi paxta ekin maydoni uchun ajratilgan.
Shunday qilib sobiq sovet davrida ekinzor sifatida foydalanilgan. Bu holat yodgorlikning
katta qismiga moddiy ziyon yetkazdi. SSSR bu bilan qanoatlanmasdan Mingtepa yodgorlik
hududida g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona ochmoqchi bo‘lgan.
Yodgorlikda
1939 yildan buyon tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida Ichki
saroy qismi keng ko‘lamda o‘rganildi hamda muhofazaga olindi. Mustaqillikdan avvalgi
davrda Bernshtam, Zadneprovskiy kabi arxeolog olimlar tadqiqot ishlari olib borgan
bo‘lsa, hozirgi davrda Matboboyev kabi o‘zbek olimlari hamda 2012 –yildagi hamkorlik
asosida Xitoy tadqiqotchilari, O‘z Fanlar akademiyasi Arxeologiya instuti olimlari
arxeologik izlanishlar bilan shug‘ullanmoqda. Tadqiqotlar natijasida shahar haqida
juda ko‘plab ma’lumotlar aniqlandi . Shahar mill.avv. IV millodiy V asrlarga tegishli.
Mingtepada tepaliklar soni 52 ta, mudofaa devorining har 38-40 masofasida quzatuv
minoralar joylashgan , uning uzunligi 18 m, eni 9 m, balantligi 3-4 m . Minoralar
orasida soqchilar xonasi bo‘lgan, u soqchilarga almashib turishi uchun xizmat qilgan.
Kuzatuv minoralari 1952- yilda aniqlangan, o‘sha vaqtda g‘arbiy va sharqiy hududda
20 tadan , janubda 6 ta, shimolda 12 ta bo‘lgan. Kegingi davrda zamonaviy arxeologik
tadqiqot qurollaridan foydalanilmoqda, ular arxeologlarimizga juda katta yengillik
yaratmoqda. Jumladan 2011 yilda Mingtepani
kosmik surati olingan, bundan ma’lum bo‘ldiki shahar paralellogramma shakilga ega,
bu unga Eylaton madaniyatining ta’sirini bildiradi. Aynan shaharning tashqi qismi
300 gektar maydonni egallashi ham, zamonaviy arxeologik qurollar yordamida Xitoy
olimlari bilan hamkorlikda aniqlandi. Jumladan, Mingtepa ichki mudofaa devorining
har to‘rt tomonidan 500 gektar uzunlikda maxsus xitoy arxeologik quroli Tan chan
yordamida tekshirildi va 300 gektar masofada devor qoldiqlari aniqlandi.
Hozirgi
kunda Mingtepani qanchalik katta tarixiy ahamiyatga ega ekanligi to‘la anglanib
uni saqlab qolishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar mahkamasining
2018-yil 29 dekabrdagi qaroriga ko‘ra “Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi
“Mingtepa “ arxeologik merosi ob’yektni muhofaza qilish, tadqiq etish va undan oqilona
foydalanish to‘g‘risidagi” qonun chiqarilgan. 2019- yil 22- yanvar kuni O‘zbekiston
Davlat Tarix muzeyida “Chanyan – Vandu” ko‘rgazmasi
namoyish etildi. Ko‘rgazmada Mingtepa yodgorligidan topilgan topilmalar namoyish
etildi va jahon olimlarida katta ta’surot qoldirdi.
Xulosa.
Farg‘ona tarixida uning sivilizatsiyasida Mingtepaning tutgan o‘rni beqiyosdur.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, dehqonchilik, hunarmandchilik,
chorvachiligi rivojlangan, qudratli davlatning markazi hamda Ipak yo‘li aloqalarida
faol qatnashgan shahar bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Matboboyev, Shamsutdinov, Mamajonov, Buyuk
ipak yo‘lidagi Farg‘ona shaharlari, Meros 1994.
2.
Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –
T.: Sharq, 2001.
3.
Xo‘jayev. Buyuk ipak yo‘li. – Toshkent, 2007.