MINGTEPA – XITOYLIKLAR TALQINIDA
A.Aloxunov, FarDU o‘qituvchisi,
R.Qambarova, FarDU talabasi
Xitoyda Dovon nomi bilan ma’lum va mashhur bo‘lgan,
qachonlardir qadimiy imperiyaning hududi hisoblangan ushbu o‘lka
O‘zbekistondagi Farg‘ona vodiysining janubi-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib,
bu yerda 2012–2018-yillar mobaynida O‘zbekiston va Xitoy arxeologlari Mingtepa
shaharosti yashirin xarobalarini (vayronalarini) qazishda birgalikda qizg‘in
ishlar olib borishdi.
Oxirgi 5 yilda arxeologlar qo‘shma jamoasi tashqi
shahar devorlari va shahar markazidagi yo‘l shaxobchalari va ustaxonalarini o‘z
ichiga oluvchi bir qancha ko‘plab topilmalarni aniqlab topishdi. “Xinhua News
Agency”ning bergan ma'lumotlariga qaraganda, bu kashfiyotlar bundan 2000 yil
oldin “Mingtepa ko‘chmanchilar uchun vaqtinchalik oddiy garnizon qal’a
bo‘lmaganligini balki tamomila Farg‘ona vodiysidagi eng katta qasr
bo‘lganligini ko‘rsatdi”.
Aloqalarning o‘rnatilishi
Ko‘p odamlar mendan “bu loyiha “Belbog‘ va yo‘l”
tashabbuskorligi tufayli boshlandimi?” deb so‘rashadi. Xitoy loyihasi jamoasi
rahbari va Xitoy Akademiyasining Ijtimoiy fanlar qoshidagi Arxeologiya
institutidagi Xan Tu Tang qoshidagi kafedraning direktori Zuy Yanshi “yo‘q” deb
javob beradi. “Bu shunchaki to‘g‘ri kelib qoldi”.
Zuyning ta’kidlashicha, qadimiy hisoblangan Buyuk
Ipak yo‘li doimo xitoylik arxeologlarning tarixiy tadqiqot markazida bo‘lgan.
Mingtepa loyihasi o‘ziga xos loyiha bo‘lib, bu loyiha XAIF (Xitoy Akademiyasi
Ijtimoiy Fanlar) Arxeologiya Institutining sobiq boshlig‘i Van Veyning
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Arxeologiya institutiga sayohati davomida
qadimiy shaharlar haqida keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yildan
boshlangan. Bundan uch yil oldin, 2013-yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisining
“Belbog‘ va yo‘l“ faoliyatini birinchi taklif qilgan paytidan boshlangan edi.
2011-yilda ikkala institut rasmiy shartnomani imzoladi va kelasi yilidan, ya`ni
2012-yildan qazisma ishlarini boshlashdi.
Mingtepa loyihasi xitoyliklarning “Bir belbog‘, bir
yo‘l“ (keyinchalik Bir makon bir yo‘l) faoliyatining bir qismi sifatida
kiritilmadi, Zuy Yanshi ta’kidlaganidek, Xitoy arxeologlarining faoliyati
xitoy-o‘zbek madaniy diplomatiyasida o‘sib borayotgan muhim amaliyot bo‘lib
xizmat qildi.
Mingtepa loyihasidan tashqari oxirgi o‘n yillikda
chet mamlakatlaridagi qo‘shma qazishma loyihalarda Xitoydan bir qancha
arxeologik jamoalarning ishtirok etishi o‘sib bormoqda. Bu loyihalar bir qancha
bo‘lib, ular G‘arbiy Gondurasdagi qazishma ishlari, Misr janubidagi Qarnoq
ibodatxona kompleksining vayronalari va Hindiston shimolidagi Buddaning
birinchi xutbasi o‘qilgan hudud – Sarnahda amalga oshirilmoqda.
Zuyning ta’kidlashicha, bu yo‘nalish Xitoy iqtisodiy
salohiyati o‘sishining natijasidir va mamlakatning arxeologik guruhi bilan
xorijiy hamkorlar faoliyatining muhim qismlari o‘zaro almashinmoqda.
O‘zbekistondagi faoliyat
Zuy Yanshi Xitoy hududiga chegaradosh bo‘lgan qadimiy
xorijiy shahar xarobalaridan biri hisoblangan Mingtepani qadimiy Xitoy va G‘arb
madaniyatining integratsiyasini o‘rganishdagi ideal makon (yer) deb ko‘rsatdi.
Bu esa zamonaviy madaniyat almashinuvi uchun katta imkoniyat hisoblanadi.
“Bu qazish ishlari bizga Xan dinastiyasidan (miloddan
avvalgi 206 – milodiy 220 yy) Tsin dinastiyasiga (265-420 yy) qadar Ipak
Yo‘lini o‘rganishdagi chigal masalalarning ba`zi bir yechimini topishda yordam
beradi, deb umid qilamiz. Shuningdek, biz Xitoy arxeologik metodlar va
texnologiyalarini nafaqat qazishda yordam berishi uchun, balki ko‘proq yordam
berish va ba’zi topilgan topilmalarni ko‘rsatishda o‘zbekistonlik
hamkorlarimizga tanishtirishni xohlaymiz“, - deydi Zuy.
Qazish ishlari davomida Xitoy jamoasi tomonidan katta
o‘rani qazimasdan turib tuproqni zondlab qaziydigan an’anaviy Xitoy arxeologik
asbobi bo‘lgan aylana shaklidagi “Luayang” belkuragidan, shuningdek, 3D modeli,
lazer xaritalash va kompyuterdan foydalanish texnologiyasidan foydalanildi va
bularning bari o‘zbekistonlik hamkasblarimiz tomonidan tezda qabul qilindi.
Zuyning tushuntirishicha, til va ishlash uslubining
turlicha bo‘lishiga qaramay, jamoa a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi boldi.
“Masalan, biz birinchi marta birgalikda ish
boshlaganimizda etiketka tizimini qanday amalga oshiramiz ekan, deb o‘yladik”,
- deb eslaydi Zuy. Xitoy jamoasi a’zolari topilmalar etiketkasiga xitoycha nom
berishmoqchi bo‘lganda, o‘zbekistonlik ekspertlar o‘zbekcha nomlardan foydalanishni
ma’qul ko‘rdilar.
“Axiri, biz ularning etiketka tizimini qabul qildik
va ular biznikini qabul qildilar”, deydi Zuy. Buning barchasi aloqa qilish va
o‘zaro hurmat natijasidir.
Ikkala mamlakat muassasalarining rahbarlari loyihada
jamoa liderlari kabi faoliyat olib borishdi. Jamoa rahbari Zuy Yanshi va uning
5 nafar eksperti hamda 10 nafar texniklaridan iborat bo‘lgan jamoasi
O‘zbekistonda 2012-yildan boshlab har yili yozda ikki oy davomida ishlashdi va
shaharning tashqi va ichki devorlari o‘rtasidagi hududlar o‘rganilishini davom
ettirish maqsadida kelasi uch yilda ham ishlashni rejalashtirishdi.
Xitoylik arxeologlar jamoasi ba’zan issiqlik
tizimining ishdan chiqishini, qiyin ob-havo sharoitini va ular uchun yot
bo‘lgan taomlarni mardonavor kutib oldilar hamda mahalliy hayotga moslashishdi.
Qanday bo‘lsa ham, o‘zbekistonlik hamkasblar va do‘stlarga minnatdorchilik
bildiramiz.
“Mahalliy aholi biz uchun “nang” (non) (bug`doy
unidan qilingan pishiriq) tayyorlardi, bizni to‘ylariga taklif qilishardi va
biz bilan “ni hao” (salom) deb so‘rashishardi“, - deb kuladi Zuy Yanshi.
Xitoyliklar qaytishda sovg‘a sifatida Xitoy choyi va
shirinliklaridan keltirdilar va mahalliy o‘rta maktab o‘quvchilari va oliygoh
talabalarini Mingtepa tomonga tashrif buyurishlarini taklif qildilar.
Biz xitoylik arxeologlarimizga kelgusi arxeologik
tadqiqotlarida ulkan zafarlar tilaymiz.