ERSHI AYOLLARINING JASORATI
ERSHI AYOLLARINING JASORATI

ERSHI AYOLLARINING JASORATI

Zaxro Shuxratovna Shuxratova,

 Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti

Arxivshunoslik yo’nalishi  204-guruh talabasi.

 

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo’q”. Shunday ekan biz yoshlarni oldida faqat boy tariximizni o’rganib, ajdodlarimizga munosib farzand bo’lish qoldi, xolos. Vatanimiz tarixining ildizlariga, o’zining xolisona yechimini kutayotgan dolzarb tarixiy izlanishlarga e’tibor qaratishimiz zarur. Shu jumladan, Marhamat tumani ham juda boy tarixga ega. Tuman markazida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligi ostida yotgan ikki ming ikki yuz yillik tarixga ega makonda hozirda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti va Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi instituti olimlari bilan arxeologik tadqiqotlar olib borilayotgani barchamizga ma’lum. Arxeologik izlanishlar natijasida. Qadimgi Dovon davlatining poytaxti Ershi shahri bo’lganligi aniqlandi. Yozuvchi Mannop Egamberdiyevning "Sariq ajdar hamlasi" tarixiy romanida Ershi shahri tarixi haqida juda ko’p ma’lumotlar keltirilgan. Bu qadimiy poytaxt shaharga o’sha davrdagi Xan davlati (hozirgi Xitoy) tomonidan mil.avv.II asrda ikki marotaba hujum qilingan. O’sha paytda juda ko’p hududlarni egallagan Xan davlati ikkala hujumda ham mag’lubiyatga uchragan. Asarning I-qismida An-In ismli xitoylik qulning hayoti yoritilgan. An-In ikki yoshga kirganda, uning otasi uni adashtirib kelish uchun bozorga olib boradi va uni u yerdan bir notanish erkak olib ketib tarbiyalaydi. U otasining bu ishini katta bo’lgach tushunib yetadi, o’sha paytda aholidan jon boshiga soliq olingan. Besh yoshdan boshlab olinadigan soliq ikki yoshdan olinishi haqida qaror chiqadi.Otasi soliq to’lashga imkoniyati yo’qligidan shunday qilishga majbur bo’ladi. Yangi ota-onasinikida besh yoshga kirganda, bir insondan qarzi borligi sababli An-Inni qullikka berib yuborishadi. Muallif shunday ta’riflaganki, o’sha davrda qullarning ahvoli naqadar ayanchli bo’lganligini his qilasiz. So’ng An-In yangi xo’jayininikida o’z sevgisini topadi. U yerda xat savodi chiqadi. Sevgisiga erishmasa-da, lekin sevgilisi orqali qullikdan ozod bo’ladi. Asarning keyingi qismlarida esa elchi Chjan Szyanning sarguzashtlari yoritiladi. Shuningdek, ushbu asarda Ershi xalqining bosqinchilarga qarshi qanday mardonavor kurashganligi haqida bayon etilgan. Ayniqsa, Ershi ayollarining jasoratlari juda chiroyli ta’riflangan. Ayollardan tuzilgan suvoriylar guruhi bo’lgan. Bu guruh Xitoyliklarga qarshi kurashda jasorat ko’rsatishgan. Xitoyliklar bilan bo’lgan jangda yengilishgandan keyin xitoyliklar suvoriylardan hayratlanib kimligini surishtirishgan. Shunda Sirtlonbek ismli sotqin:" Xotinlar!... bizdi dovon ayollari ular... !"-deydi ovozi titrab. Xitoy qo’shinboshisi Li Guan-Li titrayotgan Sirtlonbekka qarab "Qaniydi-ya hamma dovonliklar shunga o’xshasa" deya orzu qilgan. Hattoki, Ershilik ayollar jang maydonidan erlarining jasadlarini ham olib chiqib ketishgan. Dovonda o’ttiz yoshdan kichik, ba’zan qirqqa yaqinlashgan ayollar ham jangga kirgan. Faqat emizikli ayollargina uyda qolgan. Albatta, Ershi ayollarining jasorati bugungi kundagi barcha ayollarga ibrat bo’ladi.

Shuningdek, хitoyliklarning Osmon o’g’li (o’sha paytda Xitoy imperatori shunday deyilgan) o’zining bosh bog’bonini elchilar karvoni bilan Dovonga jo’natib Osmontagi (xitoyliklar o’z davlatini shunday atashgan) da Dovondagidek har-xil mevali bog’larga o’xshatib o’zlarining yurtida ham bog’lar barpo etishgan. Qadimgi Dovon davlati o’zining samoviy otlari bilan mashhur bo’lgan.O’sha davrdagi Xitoy imperatori U-Di otlarni ko’rib, "Agar shu otlar mamlakatini bosib olsam, G’arb davlatlarini osongina zabt etaman" mazmunidagi gaplarni aytgan. Xitoyliklar Dovonga bostirib kirib, qamal qilganda Dovon qo’shinboshisi Chag’ribek suvsiz qolgan aholini qamaldan ustalik bilan olib chiqib ketadi. Bu ham ajdodlarimiz naqadar jasur bo’lganligidan dalolatdir. Hattoki, Xitoy qo’shinboshisi Li Guan-Li:"Bu dovonliklarni qanday yengsa bo’ladi o’zi" deya tan berganligini ushbu asardan bilishimiz mumkin.

Asarning tub mohiyatini Dovonga hujum, dushmanlarni yengish uchun ajdodlarimiz jon olib, jon berib kurashganligi tashkil qiladi. Ota-bobolarimizning jang usullari, oqilona harbiy taktikalari, o’sha davr urf-odatlari, madaniyati mohirona tasvirlangan. Ta’kidlash joizki, bu roman Qadimgi Dovon davlatining dong’ini dunyoga tanitdi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Bu asarni o’qigan har bir o’quvchida vatanparvarlik tuyg’usi paydo bo’lishi shubhasiz.