MINGTEPA
TARIXI
Mehriniso
Xolmatova,
Marhamat
tumani 13-maktab o’quvchisi
Biz tarixi necha ming yillarni o‘z ichiga olgan,
butun dunyoni ilmu ma’rifati, qudrati bilan lol qoldirgan buyuk xalqning
farzandlarimiz. Ulug‘ ajdodlarimiz asrlar davomida ilm-u fan va madaniyat,
din-u diyonat sohasida dunyoni hayratga soladigan ulkan ishlarni amalga oshirib
kelganlar. Mustaqillik bizga ana shunday an’ana va qadriyatlarimizni tiklash,
o‘zligimizni anglash, boy tarixiy merosimizni o‘rganish imkonini bergani uchun
ham benihoya aziz va qadirlidir.
“Vatan ostonadan boshlanadi”, deydi
donolarimiz. Men o‘zim tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumani va uni bir necha ming
yillik tarixini bir necha yillardan
buyon o‘rganmoqdaman. Mingtepa tarixiy-me’moriy arxeologik yodgorligini borib
ko‘rganimda, u haqidagi tarixiy manbalar bilan tanishganimda bizga
ajdodlarimizdan qadimiy va noyob arxeologik yodgolik qolganiga guvoh bo‘ldim
Ushbu
arxeologik yodgorlik 40 gektar maydonni egallab, atrofi 52 ta katta- kichik tepalik
o`rab olgan. Tepaliklarga diqqat bilan qaralsa ,,Mingtepa``o`rami тo`rt burchakdan iboratligi ko’zga
tashlanadi. Tepaliklar qadimiy shaharlarni o`rab turgan qalin qal’a devori
vayronalaridir. Ushbu qadimiy mudofa
devorlarini qoldiqlari hozirda ham atrof yerlardan 6-8, ayrimlari esa 10
metrgacha baland. Ikki
ming yildan buyon saqlanayotgan qal’a devori vayronasi shuncha bo`lsa, qadimda
uning qaddi qanchalik mahobatli bo`lganini tasavvur qilish mumkin. Mingtepa
Farg‘ona vodiysidagi YUNESKO ro`yxatiga
kiritilgan yagona arxeologik yodgorlikdir.
Tarixiy
manbalardan, xususan xitoyshunos I.Bichurinning (1777-1854) qadimiy xitoy yozma
yodgorliklaridan qilgan tarjimalarida shu narsa malum bo`lganki, Farg`ona vodiysida eramizdan avvalgi III-I
asrlarda “Dovon” nomli davlat hukm surgan. Mingtepa, A. N. Bernshtam
yozganidek, uning poytaxti Ershi shahrining vayronasidir. 1986 yili Fanlar
Akademiyasinig arxeologiya insitituti tomonidan ushbu yodgorlik majmuasini
o`rganishga kirishildi (tekshirish guruhi rahbari-arxeolog, tarix fanlari
nomzodi Boqijon Matboboyev, ilmiy maslahatchi Sayfiddin Jalilov) dastlab
,,Mingtepa`` ning qoq o`rtasida joylashgan katta tepalik-shahar o`rdasining
qoldig`I kovlanib o`rganildi va jiddiy ilmiy xulosalarga sabab bo`ladigan
talaygina arxeologik ashyolar topildi.
Bu
mudofaa devori uzoq tarixiy davrda zizilalar, turli urushlar, boshqa tabiiy
ofatlar tufayli vayron bo`lib ketgan. Qurilish ashyolari, tuproq qatlami va
topilgan ayrim yodgorliklarini, bu tepaliklarni arxeologlar tomonidan sinchkovlik
bilan dastlabki o`rganish natijasida chiqarilgan xulosalar Mingtepa o`rdasi
eramizdan avvalgi III-asrlarda barpo qilinganligini tasdiqlaydi. Bag‘rida juda
ko‘p tarixiy boyliklarni saqlagan bu joylar sovet davrida paxta ekin maydoniga
aylantirilgan va uzoq yillar davomida sug‘orish natijasida ularga zarar
keltirilgan.
O‘zbekiston Fanlar
Akademiyasi Arxeologiya Instituti va Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi
Arxeologiya Instituti qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi 2016- 2017 yillarda
tadqiqot ishlarini olib bordilar. 2017- yilda Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi
Arxeologiya Instituti olimlati Xi Cyn LI va Lyu Va Volar bilan
suhbatlashganimda biz dunyoga mashhur tarixga ega yurt farzandi ekanligimizga
amin bo‘ldim va tariximizni organishga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi.
Olimlarga tadqiqot olib borishda ADU tarix fakulteti talabalari
ko‘maklashdilar.
Mingtepa yodgorligida olib
borilgan qazishma ishlari natijasida topilgan otni loydan yasalgan shakli
afsonaviy “Samoviy tulporlar” haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Tarixiy
manbalarda Dovonliklarning tili va urf-odatlari, bozorlaridagi
savdo, mahalliy hunarmandchiligi haqida
keltirilgan ma’lumotga shu joydan topilgan topilmalar yanada oydinlik kiritadi.
U yerdan topilgan urchuq o‘sha davrdagi xalq hunarmandchiligi haqida so‘zlaydi.
Men Mingtepada olib borilayotgan qazishma ishlarini ko‘rib bizning ajdodlarimiz
tarixda va hozirgi kunda butun dunyoni nima uchun lol qoldirayotganini bildim
.Bu joydagi xonalar katta bo‘lib ,ular devor bilan ajratilgan va u xonalarda
katta – katta xumlar bo‘lgan. U yerdagi topilgan xumlarning bo‘yi 125 sm.gacha
kattalikda bo‘lgan. Katta – kichik juda ko‘p xumlar topilgan . U xumlarda
donlar saqlangan bo‘lishi mumkin, kichkinalarini esa kundalik turmushda
ishlatilgan. Bu
joydan yana odam suyaklari topilib, uning bosh tomonidagi idishlar diniy
marosimlar haqida ma’lumot beradi. Bulardan tashqari mehnat qurollari sifatida
ishlatilgan toshlar ham ko‘plab topilgan. Bu toshlar turli xilda bo‘lib,
ularning uchlari yo‘nib uchli shaklga keltirilgan. Shunga o‘xshash toshlar ,
suyaklar bo‘laklari qoldiqlari juda ko‘plab topilgan. Tadqiqotchilar ularni
avaylab yuvib, o‘rganish uchun tayyorlab qo‘ydilar.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, tarixni unutmagan xalqni ma’naviyati boy bo‘ladi.
Tarix bizlarga ajdodlarimizdan qolgan qadr-qimmatni o‘rgatadi, milliy gururni
shakillantiradi, Vatanga bo‘lgan muhabbatni kuchaytiradi, o‘tmishimizga hurmat
ehtirom bilan munosabatda bo‘lishga undaydi. Shuning uchun men
biz yashayotgan hudud tarixini yanada chuqurroq o‘rganishga harakat qildim. Bizga ajdodlarimizdan qolgan milliy boyligimiz,
moddiy va madaniy meroslarimizdan biri- Mingtepa tarixiy- me’moriy arxeologik
yodgorligini asrab avaylashimiz kerak. Ammo
2011 yilda taqiqlanishiga qaramasdan yodgorlik hududidagi noqonunuiy
daraxtzorlar, bedapoyalar sug‘orilmoqda. Natijada yer ostidagi 41 gektardan
ortiq maydonni egallagan qadimgi shahar suvga , zahga to‘lib zarar ko‘rmoqda.
Mingtepa yodgorligini saqlash, uni o‘rganish –bu
bizning buyuk ajdodlarimiz oldidagi burchimizdir!
Ushbu qadimiy, mahobatli yodgorlikni muzey shaharga
aylantirib, ajdodlarimizga munosib farzand bo‘laylik!
Farzandlari buyuk ishlarga qodir yurtning kelajagi
ham buyukdir!
Ushbu rasmlar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya Instituti va Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi Arxeologiya Instituti qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi 2016-2017 yillarda olib borgan tadqiqotlardan olingan.