BUYUK IPAK YOʻLIDAGI SHAHAR—QUVA
Diyorbek Ma’murov Saydullo oʻgʻli,
Fargʻona davlat universiteti, tarix fakulteti
Tarix yoʻnalishi, 2-bosqich talabasi.
Annotasiya: Fargʻona vodiysida qadimdan shaharsozlik, savdo sotiq, hunarmandchilik rivojlangan edi. Bu yerlarda shaharlarning rivojlanib ravnaq topishida esa asosiy oʻrinda qulay iqlim sharoiti, sersuv daryolar va karvon yoʻllarining kesishgan qismida joylashgani edi. Qadimdan sharq va gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli hisoblanmish Buyuk Ipak yoʻli manashu yerdan oʻtar edi. Bu karvon yoʻlida juda ham koʻplab shaharlar joylashgan edi. Ulardan biri Quva shahri hisoblanadi. Quyida keltirilgan maqolada shu haqida soʻz boradi.
Kalit soʻz: Dovon davlati, Buyuk Ipak yoʻli, Xitoy, Quva, savdo sotiq, shishasozlik, hunarmandchilik, binokorlik.
Qadimdan maʼlumki, Fargʻona vodiysida juda ham koʻplab shaharlar mavjud. Ular turli davrlarda turli hil sharoitlarda rivojlanib borgan. Ana shunday shaharlardan biri Quva shahri hisoblanadi. Bu shahar karvon yoʻllari kesishgan joyda bunyod etilgan edi. Qadimdan uning hududlari orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan edi. Bu esa Quva rivojlanishining asosiy omillaridan biri boʻlgan. Qadimgi Quva shahriga miloddan avvalgi asrlarda asos solingan edi. Quva shari Dovon davlatining asosiy shaharlaridan biri boʻlgan. Qadimda u Quva tarzida emas balki, Qubo yoki Qubbo koʻrinishida talaffuz etilgan[1]. Ba’zı olimlarning fikricha Dovon davlating poytaxti aynan mana shu yerda joylashgan degan fikrlarni ilgari surishadi. Lekin bu fikrlar haqiqatdan biroz yiroqdir. Chunki, Xitoy manbalarida Dovon davlatining poytaxti Ershi shahri xozirgi Marhamat tumanidagi Mingtepa hududlariga toʻgʻri keladi. Shuningdek, Qubbo nomi Xitoy manbalarida ham alohida tilga olingan[2]. Uning hududi ham ba’zi manbalarda aniq koʻrsatib oʻtilgan.
Manbalarda yozilishicha Qubbo kenti Fargʻona vodiysidagi Ershi hamda Axsikent shaharlaridan keyingi eng yirik shahar sifatida keltirib oʻtilgan. Bu yerda hunarmandchilik, savdo sotiq juda ham rivojlangan. Buyuk Ipak yoʻli Qubbo kenti orqali Ershi shahri hududlariga oʻtar edi. Qadimdan bu hududlardan tayyorlangan mahsulotlar Xitoy, Sugʻd, Margʻiyona, Parfiya kabi davlatlarda ham mashhur boʻlgan. Bu borada ayniqsa Qubbo shishasozlikgi bilan maqtana olgan. Qubbo shishasozligining rivojlanish tarixi miloddan avvalgi I va milodiy III asrlarga toʻgʻri keladi. Qadimgi Quva shahristonida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bu yerdan shishasozlik ustaxonalari qoldiqlari topilgan edi. Qadimgi shahriston hududidagi yer usti koʻtarma materiallari ham bu yerda shishasozlikgi rivojlanganinidan darak beradi. Chunki bu yerda shishasozlik materiali boʻlmish kvars qumlariga boy boʻlgan. Kvars qumlari asosan Quva shahristonning gʻarbiy qismida 8 km uzoqlikda joylashgan edi. Bu yerlarda asosan qum barxanlari oralarida shishasozlik uchun kerak boʻlgan kvars qumlari qazib olingan. Quva shahristonidagi arxeologik tekshiruvlar paytida bu yerdan 10dan ziyod shishasozlik ustaxonalari qoldiqlari topilgan edi[3]. Bu ustaxonalar ma’lum bir tartibda bunyod etilgan. Ular Quva shahristonining sharqiy qismida joylashgan edi. Bundan koʻrinib turibdiki anashu davrda ham maʼlum bir hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchi insonlar alohida alohida mahallalarni tashkil etib istiqomat qilgan[4].
Quva shishasozligining savolga yuz tutishiga sabab qilib ikkita omilni keltirib oʻtishimiz mumkin. Bulardan biri moʻgʻullar bosqinidir. Moʻgʻullar istilosi oqibatida Fargʻona vodiysidagi deyarli barcha yirik shaharlar vayron etiladi. Ular qatoriga Quva shahrini ham kiritishimiz mumkin. Moʻgʻullar istilosi davomida Quva shahri butunlay yoqib yuborilgan[5]. Manbalarda bu davrda Quva shahrida 20 ming aholi yashagan deb ma’lumot beriladi. Barcha aholi qirib tashlangan. Hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchilar esa majburiy ravishda Moʻgʻulistonga joʻnatilgan edi. Ikkinchi sabab esa shishasozlik uchun asosiy xom ashyo boʻlgan kvars qumlari edi. Kvars qumlarini qazib olinuvchi hududlarda aholi tomonidan oʻzlashtirilib u yerlarda yangi aholi yashash manzillari paydo boʻladi mugʻullar istilosidan soʻng. Buning natijasida u yerdan kvars hom ashyosini qazib olish butunlay toʻxtatilgan. Keyingi davrlarda esa shishasozlikdan habari bor hunarmandlarning taqchilligi natijasida Quva shishasozligi butunlay zavolga yuz tutadi.
Quva shishalari oz davrida juda ham mashhur boʻlgan. Hatto bu yerda tayyorlangan shishalar arab oʻlkalarida ham mashhur edi. Hozirgacha Iroq davlati hududida manashu Fargʻona vodiysidan borib shishasozlikka asos solgan aholining yashash manzili mavjud. U hozirgi kunda Al Qubbo nomi bilan kichik aholi yashash manzili hisoblanadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki oʻrta asrlarda Quvada shaharsozlik hunarmandchilik yuksak darajada taraqqiy topgan edi. Bu yerlar butun Oʻzbekiston tarixidagi shishasozlik tamadduni beshigi hisoblanadi. Oʻzimning shaxsiy kuzatishlarim natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki Quvada shaharsozlik paydo boʻlgan davrda boshlab bu yerda juda ham koʻplab qasaba qoʻrgʻonlar paydo boʻlgan. Mana shu qasaba qoʻrgʻonlarning deyarli hammasida shishasozlik ustaxonalari mavjud boʻlgan. Bunga sabab qilib hozirda yashayotgan aholining oʻzi uylarida chuqur qazish jarayonida har xil sopol parchalari va rangli dagʻal shishalarga duch kelishmoqda. Bu esa juda qadimdan boshlab bu yerda shishasozlik rivojlanganini belgilab beradi. Bu yerning rivojlanishida esa Buyuk Ipak yoʻlining ahamiyati beqiyos. Mazkur hududlardan oʻtgan karvon yoʻllari gʻarb va sharqni bir biri bilan bogʻlab turgan. Shundan koʻrinadiki Quva shahri Oʻzbekiston tarixida munosib oʻrin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar roʻyhati
1. В. А. Булатова. Древняя Кува. Издательство «ФАН», Узбекской ССР. -Ташкент. 1972.
2. Е. А. Да в и до в и ч. Саманидские монеты Кубы, Советская археология, № 2, 1960, -C. 256.
3. Подробное описание и анализ керамики см. В статье Д. П. Вархотовой. Керамика VII в. c городища Кува.
4. Farg`ona o`lkashunosligi. Farg`ona, 1996. 167 b.
5. Ibrat. Farg`ona tarixi. Toshkent, 2005. 183 b.
6. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. T. 11.
7. Ablat Xo`jayev. Farg`ona tarixiga oid ma’lumotlar. Farg`ona, 2013. 289 b.
[1] Ibrat. Farg`ona tarixi. Toshkent, 2005. – B. 48.
[2] Yigitali Usmonov. Jannat bog`i. Farg`ona, 1995. – B. 19-20.
[3] Подробное описание и анализ керамики см. В статье Д. П. Вархотовой «Керамика VII в. С городища Кува».
[4] Е. А. Да в и до в и ч . Саманидские монеты Кубы, «Советская археология», № 2, 1960, стр. 256.
[5] В. А. Булатова. Древняя Кува. 34-38 стр.