BIZGA AJDODLARIMIZDAN BE’BAXO MA’DANIY MEROS QOLGAN
BIZGA AJDODLARIMIZDAN BE’BAXO MA’DANIY MEROS QOLGAN

BIZGA AJDODLARIMIZDAN BE’BAXO MA’DANIY MEROS QOLGAN

B.R. Haqberdiyev ,

And DU TSMG kafedrasi mudiri,

Sh.F Otaxonova, And DU TSMG 2- bosqich talabasi.

 

Annotatsiya: Biz bu maqolamiz orqali mamlakatimiz hududidagi yodgorliklar, tarihiy ahamiyat kasb etgan qadamjolar, mamlakatimiz merosi bo‘lgan Mingtepa arxeologik hudud va uning ko‘xna tarihini o‘zida aks ettirib kelayotgan yodgorliklar, ularning yurtimiz rivojidagi o‘rni haqida so‘z olib bordik.

Kalit so‘zlar: yodgorliklar, qal’alar, dovon otlari, Dalvarzintepa, Mingtepa, ziyoratgoh, tarixiy, Eylaton, Ershi shahri, Alitepa, Jing‘irtepa, Zimdontepa, Qorovultepa, hunarmandchilik, sopol.

“Mana shunday buyuk tariximizni yorituvchi, isbotlovchi maskanlarimiz bor ekan, biz nima uchun boshqalar oldida boshimizni egib yurishimiz kerak. Albatta bunday buyuk o‘tmishimiz haqida, avvalo, o‘zimiz yoshlarimiz ichida keng targ‘ib qilishimiz kerak. Mingtepa arxeologiya yodgorligining tarixiy va kelajakdagi ahamiyati, uning xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizda buyuk o‘tmishimizga qiziqishlarini kuchaytirish’ uning bazasida turizmni rivojlantirish orqali minglab ish o‘rinlari yaratilishi mumkin”

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev.

Bugungi kunda xalqimizning juda chuqur va boy tarixini tiklash boyicha keng islohotlar olib borilmoqda. Mamalakatimiz hududidagi tarixiy maskan va tabarruk qadamjolar, ziyoratgohlar xalqimiz ko‘xna tarixi, an’ana va urf-odatlari, madaniyatini asrab kelmoqda. Ular bizni yurtimizning olis o‘tmishidan habardor qiladi.

Mustaqillik yillaridan boshlab vatanimiz tarixida hali ochib ulgirilmagan qirralarini izlab topish va o‘rganish uchun barcha shart- sharoitlar yaratildi. Birinchi prezidentimizning “Andijon tuprog‘i necha asirlik madaniy va taraqqiyot namunalarini o‘z bag‘rida saqlab kelayotgan Dalvarzintepa va Eylaton, Mingtepa va Sho‘rabashot kabi tarihiy joylar, ko‘hna yodgorliklarning borligi bu zaminning yurtimizdagi qadimiy sivilizatsiya beshiklaridan biri bo‘lganini eslatadi”, deb aytgan so‘zlari yildan yilga arxeologlarning tadqiqotlari orqali o‘z tasdig‘ini topmoqda. 2012-yil O‘zbek va Xitoy fanlar akademiyalari qadimiy Mingtepa madaniyatini o‘rganish boyicha besh yillik arxeologik ekspeditsiya tashkil etish uchun hamkorlik bitimini tuzganlar va bu hamkorlik ushbu yildan shu kunga qadar davom etib kelmoqda.

Shuni ta’kitlash jo‘izki, Mingtepa yodgorligi kabi tarixiy joylar xalqimiz tarixini tiklashga xizmat qiladi. Andijon viloyati Marhamat shahrining sharqiy qismida joylashgan miloddan avvalgi I-II asrlarga oid Ershi shaxri (hozirgi Mingtepa) joylashgan. Miloddan avvlagi V-IV va milodning IV asrlarda hukum surgan Dovon davlatining poytaxti Ershi shahri hozirda xarobalardan tashkil etadi. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha “Buyuk ipak yo‘li”da joylashgan bu mahobatli shahar o‘zining hunarmandchiligi, dehqonchiligi va “Samoviy tulporlari” bilan dunyoga mashhur bo‘lgan. Farg‘ona vodiysi eng qadimiy va tarixiy mintaqa hisoblanadi, ammo, yozma manbalarda xususan antik davr qo‘l yozmalarida deyarli ma’lumot uchramaydi. Faqatgina Xitoy yilnomalarida ba’zi malumotlar Farg‘ona vodiysida 70 dan ortiq katta va kichik shaharlar mavjudligi, hamda Ershi, Yuchen, Guyshuan shaharlari nomlari keltriladi. Markaziy shahar Ershida joylashgan Dovon qishlog‘ xo‘jaligi juda taraqqiy etgani takidlab o‘tiladi. Shahar yaqinidagi katta uzumzorlardan o‘nlab yillar davomida saqlanishi mumkin bo‘lgan sharob tayyorlangan, beda yetishtirilib xitoyga eksport qilingan va aosiysi faqat mahalliy elita tomonidan boshqariladigon mashhur Dovon koni bo‘lgan.

Qadimgi davrdan Rimdan Xitoygacha bo‘lgan mamlakatlarda Orta osiyoning “Saman otlari” tengi yo‘q hisoblangan. Qadimgi manbalarda “g‘ayritabiiy mavjudodlar”, “ilohiy otlar”, “osmon otlari” deb atalgan. Chopqir otlarni yetishtirish Miloddan avvalgi birinchi ming yillikdayoq boshlangan. Otlar hattoki o‘zaro kelishmovchiki va urush, bosqinchilik yurishlariga ham sabab bolgan. Miloddan avvalgi 104 va 101 yillarda Xan imperiyasi qo‘shinlarining qadimgi Farg‘ona (Dayyuan) ga qilgan yurishlari ham otlar sabablidir.

Ushbu tarihiy yodgorlik tashqi va ichki shahardan iborat bo‘lib, mustaxkam mudofa devorlari bilan o‘rab olingan. Hozirgi kunda faqat ichki shaharni to‘rt tomondan toshga ishlangan “samoviy otlar” rasmi va qurshagan mudofa devoir saqlanib qolgan. Mingtepadagi tepaliklar soni 52 ta. Ichki sharning shimoliy-g‘arb tomonidagi markaziy tepalikni madaniy qatlami 10 metr dan ortiq, eng quyi qatlami miloddan avvalgi 3-2 asrlarga oiddir. Tepalikdan 5 metr qalinlikdagi tagkursi ustiga qurilgan inshoot qoldiqlari chiqqan. Ayni shu tepalik shahar arki hisoblanadi. Shaharning markaziy qismi to‘rtburchak shaklida bo‘lib Migtepa Farg‘ona vodiysining to‘laqonlik qasr-shaxri bo‘lgan. Shahar qal’asi asosiy nuqtalarga yo‘naltirilgan to‘rtburchak g‘ishtlardan qurilgan.Undagi tepaliklar soni 64 ta bolib hozirgi kunda 52 tasi saqlanib qolgan, holos. Barcha devorlarda eshiklar bo‘lgan. Qal’adagi mudofaa devorining har 38-40 metr masofasida kuzatuv minorasi bo‘lgan, minora o‘rtasida shinaklar bilan ta’minlangan xonalar joylashgan bo‘lib, unda soqchilar yashagan. Mudofa devorining qalinligi quyi qismida 7 m yuqori qismi esa 4 m ni tashkil etadi, devor tashqarisida xandaqlar qazilgan. Qadimda Ershi shaxrini Xitoyliklar bir necha bor qamal qilib ishg‘ol eta olmaganlar. Xitoyliklar miloddan avvalgi 104- yilda 60 ming kishilik armiya bilan Ershiga hujum qiladi. Ularning maqsadi nafaqat o‘z hududlarini kengaytirish, balki “samoviy otlar” ni qo‘lga kiritish edi. Turklar davrida Ershi shahar qo‘rg‘oni Mingtepa deb o‘zgartirilgan. Asta sekin mingtepa aholi yashash, joylari harobalarga aylandi, Buyuk Ipak yo‘lidagi savdo faolligi pasayishi, shuningdek, ko‘plab bosqinchilik urushlari shaharning tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi.

Hozirda ushbu hududida saqlanib qolgan yetmishdan ortiq qadamjolar, ziyoratgohlar va eng mahobatlisi Mingtepa arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Shaharning tuzilishi mahobati rivojlanishi bu yerda qadimiy silvizatsiya tarmog‘i bo‘lgan hunarmandchilikning toshtaroshlik kulolchilik to‘qimachilik, temirchilik kabi sohalari ancha rivojlanganligini ushbu yerdan chiqqan milodiy ashyolar, sopollar qo‘lda, yopma usulda va kulolchilik charhida tayyorlanganidan ham ko‘rish mumkin. Barchga buyumlar yuksak did bilan tayyorlangan bo‘lib, ba’zilariga tirnab gul ham solingan, topilmalardagi rasmlar mahorat bilan ishlangan. Mingtepa arxeologik yodgorliklari qatorida tumanda 40 ga yaqin tepaliklar mavjud. Hozirda ushbu tepaliklarning ayrimlari arheoliglar tomonidan o‘rganilmoqda, qolganlari esa hali e’tibor mazkazida emas.

Alitepa ziyoratgohi Marhamat tumani Qorabog‘ish qishlog‘I Alitepa mahallasi hududida joylashgan bo‘lib, Ershi shahri harobalaridan biridir. Tarihiy voqealar tasirida qulab, tepalikka aylangan. Uning balandligi 30 metrni tashkil etgan, tepalik poyida ko‘xna va qadimiy chashma buloq bor.

Jingirtepa tepaligi Buyuk Ipak yoli tarihiga guvihlik beruvchi tepaliklardan biridir. Ushbu tepalik to‘g‘risida xalq orasida turli hil rivoyat va afsonalar mavjud. Korovultepa, Zindontepa, To‘rtko‘l tepaliklari, Norkitepa, Yig‘loqtepa, Temuрetkitepa ham shular jumlasidandir.

 Yurtimizdagi har bir tarihni o‘zida aks ettirib necha asrlardan shu kungacha o‘z bag‘rida saqlab kelayotgan boy tarihimizni izchil o‘rganib, boshqa mamalakatlarga ham targ‘ib qilish orqali mamalakatimizning rivojiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.               Mingtepa ziyoratgohi va qadamjolari. Shaxlo Husanova. “Anjumand media” nashriyoti 2018 yil.

2. Azarenko. E https://t.me/guide_portfolio