Zindontepa

Hozirgi kunda noyob topilmalardan biri sifatida e’tirof etilayotgan Mingtepa yodgorligi xududida, ya’ni Marhamat tumani markazida joylashgan arxeologik maskanda Zindontepa deb nomlanuvchi joy mavjud. Ushbu tarixiy joy haqida marhamatlik ijodkor Abdusalom Isaqov quyidagilarni ma’lum qiladi:

«Minttepa» qo’rg’onining ichida aloxida tepa bor. Bundan yarim asrlar avval bu uning tepasiga chiqqanimizda tubi ko’rinmaydigan chuqurlik bo’lar edi. Bu chuqurlik qachonlardir maxbuslar uchun zindon vazifasini o’tagandir. Shuning uchun xam nomi «Zindontepa” bo’lib qolgandir.

Qadimgi “Ershi” kentining o’rnida bugungi kunda ham “Mingtepa” xarobalarining tashqarisida ko’plab tepalar saqlanib qolgan. Ular bugun “Alitepa», «Norka tepa», «Mo’nchoq tepa”, «Lo’mbi tepa», «Qora tepa», «Oq to’nli ota», «Jingir tepa», «Qorovul tepa” nomlari bilan atalib kelinadi. Ularning eng balandi «Ali tepa” bo’lib, bugungi kundagi saqlanib kolgan balandligi 39 metrni tashkil etadi.

Arxeolog olim Yu.A.Zadineprovskiyning takidlashicha bu tepalar «Dovon” davlatining tashqi qal’asi vazifasini o’tagan ekan.

Post Author: admin