Xotin qum

Boboxuroson ota mozorining yonginasida qum tepaligi bor, bu yerni “xotin qum” deb aytishadi. Bu shifobaxsh qumdan ko’plab odamlar shifo topadilar. Rivoyat qilishlaricha bu qumda Xitoy xonining qizi ham shifo topgan ekan. Ayrim rivoyatlarda bu qum o’zga yurtlardan tashib kelingan deyiladi. Ammo qadimda xuddi shu yerdan soy o’tganini hisobga olsak bu qum shu soyning qumi bo’lishi mumkin.

(Abdusalom Isaqov qo’lyozmalari asosida tayyorlandi).

Post Author: admin