Maxdum Vosiliy

MAXDUM VOSILIY        Maxdum Vosiliy (Hasanxon Maxdum ibn Muhammad Ibrohim) 1898 yili Farg’ona muzofotiga qarashli Mingtepa (Hozirgi Marhamat)ning Qorabog’ish qishlog’ida tavallud topgan. Uning otasi Mulla Muhammad Ibrohim arab va fors tillari bilimdoni, islom huquqshunosligi (fiqh)ni chuqur bilgan olim edi. Shuning uchun u Mingtepada bir necha vaqt qozilik mansabida ishlagan. Muhammad Ibrohimning otasi Mulla Sohibnazar esa Qo’qon […]

Muhammadali Eshon

      Muhammаd Аli Hаlfа Sobir o`g`li Dukchi Eshon 1856 yildа Fаrg`onаning Chimyon qishlog`idа tug`ilgаn. Muhammаdаli judа аqlli vа odobli bolа bo`lgаn. Oilаsining nochor hayoti tufаyli mаktаbdа o`qiy olmаgаn. Lekin, mustаqil o`qib sаvodxon bo`lgаn. Otаsi yonidа yurib beshik, yik tayyorlash, keyinchalik esа pаhsа urish kаsblаrini egаllаgаn. Shu bois uni “ustа” ham deyishgan. Oilаsi bilаn […]

Samar Bonu

Hayoti va ijodi      XIX asr Farg’onasi o’zbek shoiralarining badiiy salohiyati juda yuqori bo’lganligi bilan ajralib turadi. Bu asr o’zbek adabiyotiga Uvaysiy, Nodira, Mahzuna va Samar Bonu kabi zabardast shoiralarni tuhfa etdi. Bonu (asl ismi Samar Bonu Sirojiddin qizi) 1837 yilda ulug’ faylasuf shoir Huvaydo meros qilib qoldirgan yuqori darajadagi adabiyot muhitiga ega bo’lgan, […]

Muhammad Yusuf

Tarjimai hol    Iste’dodli shoirlardan biri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan.    O‘rta maktabdan so‘ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yidda tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, «O‘zbekiston ovozi» […]

Munavvara Usmonova

Iste’dodli shoira, sermahsul publitsist. 1965 yili Marhamat qishlog’ida tavallud topgan. 1986 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagach, xar xil lavozimlarda ishlagan. 2009 yildan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi markaziy apparati mas’ul xodimi vazifasida ishlab kelmoqda. U o’z she’rlarida hur va ozod diyorimizni madh etsa, maqola  va badialarida jonajon O’zbekistonning ravnaqi haqida hikoya qiladi.

Ulug’bek Hamdam

Ijodkor haqida  Ulug’bek Hamdam (Hamdamov Ulug’bek Abduvahobovich) 1968 yil, 24 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumani, Yuqori Rovvot mahallasida duradgor oilasida tug’ildi. 1985 yilda o’rta maktabni oltin medal bilan tamomladi. 1986 va 1988 yillar orasida Ukrainada askarlik xizmatini o’tagan. 1988-1993 yillarda ToshDU ning o’zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992-93 yillarda esa davlatimiz tashabbusi bilan o’qishga yuborilgan […]

Mahmud Hasaniy

     Mahmud Hasaniy (Mahmudxon Maxdum) – tarix fanlari doktori, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, “Mehnat shuhrati ordeni” sohibi, sharqshunos olim. Fan va madaniyat tarixiga oid 143 ta kitob va 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Yillar davomida O’zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida faoliyat ko’rsatgan, hozirda keksalik gashtini surmoqda.   […]