Qorovul tepa

Qorabog’ish qishlog’ida joylashgan. Ushbu tepalik haqida marhamatlik ijodkor Abdusalom Isaqov quyidagilarni bayon etadi:

Bugungi kunda Marhamat tumanining “Qora bog’ish» qishlog’ida “Qorovul tepa”  nomi bilan atalib kelayotgan tepa bor. Tumanimizning ko’zga ko’ringan ziyolilaridan bo’lgan Azamjon Xusanovning ta’kidlashicha qadimda bu tepa yonida bojxona bo’lib, xorijdan kirib kelayotgan karvonlardan boj olingan ekan. Ipak yo’lining bir tormog’i “Ershi»dan o’tganini hisobga olsak bu gapda jon bor. Keyinchalik bu yerga odamlarning mayitlari qo’yilib «Qorovulmozor» nomini olgan. Mannop Egamberdievning tarixiy romanida keltirilishicha «Ershi» shahriga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan karvonlar oddiy yo’l bilan hisob – kitob qilishgan.

Buning uchun maxsus joylarda xumlar bo’lib, xumga har bir karvon uchun bittadan tosh tashlab turilgan.

Post Author: admin