Murishkor Ota

Murishkor ota ziyoratgohi

Mirishkor ota uzoq davrlardan beri xalq orasida safarga chiquvchilarning piri sifatida e’zozlanib kelinadi. Shu sababli Mirishkor ota dafn etilgan ushbu maskan ziyoratgoh sifatida isnonlarning ardoqli joyiga aylangan. Ushbu ziyoratgoh Marhamat tumani Tandirchi qishlog’i xududida joylashgan.

Mazkur ziyoratgoh to’g’risida Obidjon Mahmudov quyidagilarni hikoya qiladi: “Xoja Mirishkor ota yetti og’a-ini ichida to’ng’ich farzand bo’lib, zoti sharif voyaga yetganlarida asosan dehqonchilik va ovchilik bilan shug’ullangan. Shu bois xalqimiz ul zotni dehqonlarning piri deb bilganlar. Mirishkor ota so’zining ma’nosi – ovchi avliyo, ovchilar amiri (hokimi) deganidir. Bu ziyoratgohga ko’proq davlattalab, farzandtalab, olis safarga boruvchilar iltijo qilib kelguvchilar tashrif buyuradilar. Ya’ni uzoq safarga otlanganlarning xaloskori deb ham tilga olinadi. Bu joyga nafaqat tumanimiz, hatto qo’shni respublika viloyatlaridan ham ziyoratchilar kelib turadilar.

1955-1956 yillarda Xoja Mirishkor ota qabristoni xududida mahalliy ustalar tomonidan masjid binosi qurilgan. Keyinchalik mahalliy ustalar tomonidan ko’rkam darvoza va maqbara qurilgan”.

 (“O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari” (Andijon va Namangan viloyatlari) kitobidan foydalanildi. Toshkent, “Turon Zamin Ziyo”, 2014 y).

Mirishkor ota qabristoniga XII asrlardan boshlab mayyit qo’yila boshlagan deb taxmin qilinadi. Bu joyga buyuk shoir Xuvaydoning chevarasi ma’rifatparvar shoira Samar Bonuning o’g’li o’z davrining yetuk ziyolilaridan hisoblangan Zaxriddin dafn etilgan.

Post Author: admin