Muhammad Yusuf ziyoratgohi

Marhamat tumani Qovunchi qishlog’idagi G’ishtli ota qabristonida joylashgan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ziyoratgohi mana bir necha yillardan beri shoirning muxlislari tomonidan ziyorat qilinib kelinmoqda.

Shoir Muhammad Yusuf 1954 yilning 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida (ko’hna Mingtepa) tavallud topgan edi. Uning beg’ubor bolalik yillari oltin vodiyning Ulug’tog’ etaklariga tutashib ketgan ko’m-ko’k adirlari, Janubiy Farg’ona kanalidan suv olib, bog’u-rog’larga aylangan ”Qovunchi” mahallasida, “Xizrariq” bo’yidagi xonadonda kechdi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o’rinbosari lavozimida ishlab turgan paytda, 2001 yil vafot etdi. Shoirni o’z qishlog’idagi qabristonga dafn etishdi. Hozirgi kunda Muhammad Yusuf dafn etilan qabriston minglab uning muxlislari uchun tabarruk ziyoratgohga aylanib ulgurgan. Har yili 26 aprel kuni shoirning xotirasiga katta bayram nishonlanadi.  Bir necha minglab muxlislari tashrif buyurib, ulug’ shoirning qabrini ziyorat qilishadi.

 

 

O, ota makonim,

Onajon o’lkam,

O’zbekiston, jonim tushay soyangga.

Sendek mehribon yo’q, Seningdek ko’rkam,

Rimni alishmasman bedapoyangga.

 

Ko’rdim suluvlarning eng faranglarin,

Yo xudbinman yo bir sodda kasman men –

Parijning eng go’zal restoranlarin

Bitta tandiringga alishmasman men.

 

“O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari” (Andijon va Namangan viloyatlari) kitobidan foydalanildi. Toshkent, “Turon Zamin Ziyo”, 2014 y

Post Author: admin