Mingtepa bu:

► arxeologiya yodgorligi;
► jahon sivilizatsiya beshiklaridan biri;
► eramizdan avvalgi V – IV va eramizning IV asrlarida hukm surgan boy va zich axolisiga ega bo’lgan, 70 dan ortiq shaharlarni o’z ichiga olgan Dovon (Parkana) davlatining poytaxti Ershi shahrining vayronasi;
► vodiydagi o’zida shaharsozlik madaniyatini yaxshi saqlab qolgan eng mahobatli yodgorlik;
► Buyuk Ipak Yo’lidagi katta ahamiyatga ega bo’lgan shahar;
► o’zining hunarmandchiligi, qishloq xo’jaligi maxsulotlari, “samoviy otlari”, mard va mehnatkash xalqi bilan tarixdan mashxur;
► katta saltanatlarning xujumlarini mardonavor qaytara olgan qal’ali shahar (masalan, eramizdan avvalgi 104 va 101 yillardagi urushlar);
► “samoviy otlar” – tulpor, duldul, qorabayirlarning vatani;
► qadimda uzum, musallas, beda kabi maxsulotlarni eksport qilgan yurt;
► yodgorligi ichki (41,2 gektar) va tashqi (300 gektardan ortiq) qal’alar bilan o’ralgan shahar;
► O’zbekiston davlatining tarixini boyitadigan ob’ekt;
► Dovon davlati tarixiga oydinlik kiritadigan yodgorlik;
► O’zbekiston tarixida katta iz qoldirgan Mug’uva, Yetimxon, Dukchi Eshon, Samar Bonu, Mulla Jalol, Vosiliy kabi ulug’ insonlar yurti;
► mustaqilligimizning kuychisi O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf yurti. U Mingtepadan ilxom olib “O’zbekiston”, “Mingtepa qo’shig’i”, “Ershi” she’rlarini yaratgan;
► jahon turizmining qaynoq nuqtasiga aylanadigan ob’ekt;
► yodgorligi bazasida muzey – shahar barpo etish mumkin, kerak, muhim. Agar biz muzey – shahar yarata olsak, birinchidan, kelajak avlodga yodgorlikni bus – butun saqlab qolamiz, ikkinchidan, muzeyni ochiq osmon ostida qurib, turizmni rivojlantiramiz va chekka xududda iqtisodiy samaraga erishamiz, uchinchidan, tadqiqot ishlari olib brishga, axoliga bilim berishga imkon yaratamiz, to’rtinchidan, ko’plab yangi ish o’rinlarini barpo etamiz…
► o’z mahobati, qadimiyligi va arxeologik osori atiqalarining ko’pligi, o’nlab yillar tadqiq etilishiga loyiqligi bilan O’zbekistonning jahondagi obro’sini oshirishga qodir yodgorlik…

Post Author: admin