Mahmud Hasaniy

     Mahmud Hasaniy (Mahmudxon Maxdum) – tarix fanlari doktori, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, “Mehnat shuhrati ordeni” sohibi, sharqshunos olim. Fan va madaniyat tarixiga oid 143 ta kitob va 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Yillar davomida O’zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida faoliyat ko’rsatgan, hozirda keksalik gashtini surmoqda.

     Mahmud Hasaniyning “Dilkusho bog’i”, “G’ijduvoniyga ta’zim-noma”, “Xazinadagi o’ylar”, “Qariyalar yurt fayzi”, “Ming bir tibbiy hikmat”, “Mrhamatning bordir bog’lari”, “Najot bo’stoni”, “Nasabnoma”, “Keksalarni e’zozla”, “Shomatli ulug’ olim”, “Davolar tavsifi nazmu nasrda” kabi doston va she’riy to’plamlari nashr qilingan.

Post Author: admin