Mahdum Vosiliy uy muzeyi

Marhamat qishlog’ida yashab ijod qilgan arab, fors, va turkiy tillarni bilimdoni, adabiyot, tarix, tabobat, fiqx, tavsir, qur’on ilmlarini mukammal bilgan, fanning har xil sohalari bo’yicha yozilgan qirqdan ortiq asarlarining muallifi Mahdum Vosiliyning uy muzeyi Marhamat tumani Marhamat qishlog’ida joylashgan. Ushbu muzeyda olimning hayotlik chog’ida foydalangan buyumlari, asori-atiqalar, u kiyib yurgan kiyimlar, davrni aks ettiruvchi turli eksponatlar qo’yilgan. Bularning bari 1898 yil tug’ilib, 1979 yilda vafot etgan iste’dod sohibining o’z muxlislariga eslatib turadi. Muzeyda Maxdum Vosiliyning o’g’li sharqshunos olim, shoir, tarjimon Maxmud Hasaniyning o’z otasi haqida yozgan kitoblari, ilmiy tadqiqotlari, esdaliklari ham joy olganki, bu muzeyga o’zgacha mazmun kashf etgan.

A.Xojimatov,  “Oq oltin” gazetasi, 2015 yil 22 avgust.

Post Author: admin