Hasanjon Maxdum vosiliy nomidagi ma’naviy meros markazi – qadamjosi

Ushbu qadamjo Marhamat qishlog’ida joylashgan.

Marhamat tumanida yashab ijod etgan, arab, fors va turkiy tillar bilimdoni, adabiyot, tarix, tabobat, Qur’on, tafsir, fiqh ilmlarini mukammal bilgan, fanning har xil sohalari bo’yicha yozilgan o’nlab asarlarning muallifi, shoir va tarjimon Maxdum Vosiliy (Hasanxon Maxdum ibn Muhammad Ibrohimning (1898-1979) 1898 yili Mingtepa (hozirgi Marhamat tumani)ning Qorabog’ish qishlog’ida tavallud topgan. Uning otasi Mulla Muhammad Ibrohim o’z davrining bilimdon kishilaridan biri bo’lib, arab tili va adabiyotni chuqur bilgan, shariat ilmlarini mukammal egallagan va she’rlar yozib turgan. U fiqh (islom xuquqshunosligi)ni yaxshi bilgani uchun Mingtepada qozilik vazifasini ham o’tagan.

Tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy padari buzrukvori Maxdum Vosiliy hayoti va ijodi haqida  asarlardan iborat uy muzeyini tashkil etgan.

“O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari” (Andijon va Namangan viloyatlari) kitobidan foydalanildi. Toshkent, “Turon Zamin Ziyo”, 2014 y

Post Author: admin