Bandi ota ziyoratgohi Bandi ota ziyoratgohi Marhamat tumanining sharqida, Qirg’iziston Respublikasi bilan chegara xududi yaqinida joylashgan Qorabog’ish qishlog’ining Rohat mahallasi hududida joylashgan. Ushbu ziyoratgoh ham uzoq tarixga ega. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, qorabog’ishlik vafot etganlar mayyiti 1700 yillardan boshlab bu yerga qo’yila boshlangan. “Rohat” o’z nomini sobiq sho’rolar hukumati davrida olgan. […]
Bo'lim: Ziyoratgohlar
Boboxuroson Ota
Bobo Xuroson ota ziyoratgohi Bobo Xuroson ota ziyoratgohi Marhamat tumanining shu nom bilan ataluvchi qishlog’ida joylashgan. Ushbu ziyoratgoh aholi orasida ‘”Chechak piri” ham deb ataladi. Aytishlaricha, chechak, suvchechak, sachratqi, uchuq kabi teri yaralarini shu joyning suvi bilan yuvib, tuprog’idan bemorga surtib qo’yilsa, tez orada tuzalib ketgan. Shuning uchun bu ziyoratgohni “Chechak piri […]
Go’zal Ota
Go’zal ota ziyoratgohi Go’zal ota ziyoratgohi Marhamat tumani Qoraqo’rg’on qishlog’ining G’urrak mahallasi xududidagi qabristonda joylashgan bo’lib, ushbu ziyoratgohni xalq orasida tabarruk maskan sifatida, ya’ni ko’zi og’riganlar uchun shifo topguvchi joy deb e’zozlanadi. Mazkur ziyoratgoh to’g’risida Obidjon Mahmudov shunday yozadi: “Qishloq axolisining og’zaki ma’lumotlari bo’yicha qaralganda, azizlardan biri eng birinchi bo’lib shu yerga dafn etilgan. Go’zal […]
Ho’ja Bosmon Ota
Ho’ja Bosmon ota ziyoratgohi Mustaqillik O’zbekistonning haqiqiy va chin yangi tarixini tiklash uchun imkon yaratdi. Xalqimizning boy tarixini tiklashda milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning o’rni katta. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, xalq an’analarini va urflarini asrlar davomida o’zida saqlab kelayotgan maskanlar-tabarruk qadamjoylar, ziyoratgohlardir. Marhamat tumani o’zining qadimiy yodgorliklari, ziyoratgohlari, shifobaxsh buloqlari kabi tarixiy makonlariga boy xudud hisoblanadi. […]
Murishkor Ota
Murishkor ota ziyoratgohi Mirishkor ota uzoq davrlardan beri xalq orasida safarga chiquvchilarning piri sifatida e’zozlanib kelinadi. Shu sababli Mirishkor ota dafn etilgan ushbu maskan ziyoratgoh sifatida isnonlarning ardoqli joyiga aylangan. Ushbu ziyoratgoh Marhamat tumani Tandirchi qishlog’i xududida joylashgan. Mazkur ziyoratgoh to’g’risida Obidjon Mahmudov quyidagilarni hikoya qiladi: “Xoja Mirishkor ota yetti og’a-ini ichida to’ng’ich farzand bo’lib, […]
Oq to’nli Ota
Oqbosh Ota
Oqbosh ota ziyoratgohi Oqbosh ota ziyoratgohi Marhamat tumani Oqbosh maxallasi xududida joylashgan bo’lib, uzoq yillar mobaynida shu yerlik insonlarning tabarruk maskani bo’lib xizmat qilgan. – Bu joyda Oqbosh otaning qabri, shuningdek, Xudoyorxonga xizmat qilgan Madumar dodhoh va uning avlodlarining ham qabrlari bor – deydi shu yerlik Toshpo’latov Arabboy ota. Oqbosh ota ziyoragohi juda qadimdan elning […]
Qo’ychi xalfa ziyoratgohi
Qo’ychi xalfa (Bekmurod polvon) ziyoratgohi Marhamat tumani Qorabog’ish qishlog’ining Qadamjoy mahallasi xududida joylashgan. Ushbu ziyoratgoh maxalliy axoli tomonidan muqaddas sanalib, cho’ponlarning, ya’ni chorvachilik bilan shug’ullanuvchi insonlarning piri deb e’zozlanib kelingan. Qo’ychi xalfa haqida ko’plab rivoyatlar xalq orasida aytib yuriladi. Ma’lumotlarga ko’ra, Qo’ychi xalfa asli o’ratepalik bo’lib, 1840 yili tavallud topgan. Uning asl ismi Bekmurod bo’lib, […]
Muhammad Yusuf ziyoratgohi
Marhamat tumani Qovunchi qishlog’idagi G’ishtli ota qabristonida joylashgan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ziyoratgohi mana bir necha yillardan beri shoirning muxlislari tomonidan ziyorat qilinib kelinmoqda. Shoir Muhammad Yusuf 1954 yilning 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida (ko’hna Mingtepa) tavallud topgan edi. Uning beg’ubor bolalik yillari oltin vodiyning Ulug’tog’ etaklariga tutashib ketgan ko’m-ko’k adirlari, Janubiy Farg’ona […]