Alitepa

Alitepa ziyoratgohi Alitepa ziyoratgohi Marhamat tumani Qorabog’ish qishlog’i  Alitepa maxallasi xududida joylashgan. Ushbu ziyoratgoh shu yerlik Isaqjon xoji Xo’jaev tomonidan obdonlashtirilib, ziyoratchilar dam olishlari uchun imkoniyatlar yaratib qo’yilgan. Shunindek, ushbu ziyoratgohda mo’’jazgina muzey tashkil etilgan bo’lib, u yerdan Mingtepa tarixidan so’zlovchi noyob topilmalar joylashtirilgan. Ushbu muqaddas joyni eramizdan avvalgi VI-V va eramizning IV-V asrlargida hukm […]

Jingirtepa (Jung’ortepa)

Jingirtepa Marhamat tumani tarixidan so’zlovchi Mingtepa arxeologik yodgorligi ichida joylashgan bo’lib, ushbu tepalik to’g’risida xalq orasida turli rivoyatlar, afsonalar mavjud. Marxamat markazidan besh, olti chaqirim narida adirliklar boshlangan joyda bir tepalik bor. Yoshligimizda bu tepaning ustiga chiqib tepganimizda jiringlagan ovoz kelib hammamizni hayratga solar edi. Bugungi kunda ham bu tepadagi mo’jizali ovoz bor. Tepaning ustiga […]

Zindontepa

Hozirgi kunda noyob topilmalardan biri sifatida e’tirof etilayotgan Mingtepa yodgorligi xududida, ya’ni Marhamat tumani markazida joylashgan arxeologik maskanda Zindontepa deb nomlanuvchi joy mavjud. Ushbu tarixiy joy haqida marhamatlik ijodkor Abdusalom Isaqov quyidagilarni ma’lum qiladi: «Minttepa» qo’rg’onining ichida aloxida tepa bor. Bundan yarim asrlar avval bu uning tepasiga chiqqanimizda tubi ko’rinmaydigan chuqurlik bo’lar edi. Bu chuqurlik […]

Qorovul tepa

Qorabog’ish qishlog’ida joylashgan. Ushbu tepalik haqida marhamatlik ijodkor Abdusalom Isaqov quyidagilarni bayon etadi: Bugungi kunda Marhamat tumanining “Qora bog’ish» qishlog’ida “Qorovul tepa”  nomi bilan atalib kelayotgan tepa bor. Tumanimizning ko’zga ko’ringan ziyolilaridan bo’lgan Azamjon Xusanovning ta’kidlashicha qadimda bu tepa yonida bojxona bo’lib, xorijdan kirib kelayotgan karvonlardan boj olingan ekan. Ipak yo’lining bir tormog’i “Ershi»dan o’tganini […]