Xotin qum

Boboxuroson ota mozorining yonginasida qum tepaligi bor, bu yerni “xotin qum” deb aytishadi. Bu shifobaxsh qumdan ko’plab odamlar shifo topadilar. Rivoyat qilishlaricha bu qumda Xitoy xonining qizi ham shifo topgan ekan. Ayrim rivoyatlarda bu qum o’zga yurtlardan tashib kelingan deyiladi. Ammo qadimda xuddi shu yerdan soy o’tganini hisobga olsak bu qum shu soyning qumi bo’lishi […]

Hasanjon Maxdum vosiliy nomidagi ma’naviy meros markazi – qadamjosi

Ushbu qadamjo Marhamat qishlog’ida joylashgan. Marhamat tumanida yashab ijod etgan, arab, fors va turkiy tillar bilimdoni, adabiyot, tarix, tabobat, Qur’on, tafsir, fiqh ilmlarini mukammal bilgan, fanning har xil sohalari bo’yicha yozilgan o’nlab asarlarning muallifi, shoir va tarjimon Maxdum Vosiliy (Hasanxon Maxdum ibn Muhammad Ibrohimning (1898-1979) 1898 yili Mingtepa (hozirgi Marhamat tumani)ning Qorabog’ish qishlog’ida tavallud topgan. […]