“Мингтепа тарихини ўрганишда Манноп Эгамбердиевнинг “Сариқ аждар ҳамласи” тарихий романининг ўрни” мавзусида амалий семинар ва танлов бўлиб ўтди.

“Мингтепа – маданий мерос” жамоат фонди Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ҳузуридаги Нодавлат, нотижорат ташкилотлари ва фуқаролик жамиятининг бошқа институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди давлат гранти доирасида инсоният цивилизацияси бешикларидан бири деб эътироф этилаётган, 2500 йиллик тарихга эга бўлган, қадимий Довон давлатининг бош шаҳри Мингтепа тарихини таниқли ёзувчи Манноп Эгамбердиевнинг “Сариқ аждар ҳамласи” тарихий романи орқали халқимизга, […]

Мингтепа

Улуғбек, ҳой Улуғбек, Бу ерлардан кетайлик. Мингтепа деб аталган Юртимизга етайлик. Улуғбек, ҳой Улуғбек, Керакларни олайлик: Асло қолиб кетмасин – Юракларни олайлик. Тош шаҳардан розимиз, Гинамиз йўқ сира ҳам. Ака-ука бўп қолдик, Олмай қўйган кира ҳам. Лекин ул мингтепалар Чорлаб тинмайди энди. “Биттамиз эдинг бизнинг, Сафимизга қайт”, дейди. Мингтепа, эй Мингтепа, Сирларинг кўпдир сенинг. Сирларингдан […]

Туризмни ривожлантириш бўйича ўқув-амалий семинар

“Мингтепа – маданий мерос” жамоат фонди Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ҳузуридаги ННТ ва фуқаролик жамиятининг бошқа институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди давлат грантида асосида 2019 йил 15 июнь куни “Мингтепа археология ёдгорлиги базасида туризмга хизмат қилувчи оилавий меҳмонхона уйларини ташкил этиш имкониятлари” мавзусида ўқув-амалий семинар ўтказилди. Ушбу семинарга туманимиздан туризмга дахлдор бўлган барча ташкилотлардан вакиллар, оилавий […]

Bandimozor Ota

Bandi ota ziyoratgohi        Bandi ota ziyoratgohi Marhamat tumanining sharqida, Qirg’iziston Respublikasi bilan chegara xududi yaqinida joylashgan Qorabog’ish qishlog’ining Rohat mahallasi hududida joylashgan. Ushbu ziyoratgoh ham uzoq tarixga ega.        Tarixiy  ma’lumotlarga qaraganda, qorabog’ishlik vafot etganlar mayyiti 1700 yillardan boshlab  bu  yerga qo’yila boshlangan. “Rohat” o’z nomini sobiq sho’rolar hukumati davrida olgan. […]

Boboxuroson Ota

Bobo Xuroson ota ziyoratgohi        Bobo Xuroson ota ziyoratgohi Marhamat tumanining shu nom bilan ataluvchi qishlog’ida joylashgan. Ushbu ziyoratgoh aholi orasida ‘”Chechak piri” ham deb ataladi. Aytishlaricha, chechak, suvchechak, sachratqi, uchuq kabi teri yaralarini shu joyning suvi bilan yuvib, tuprog’idan bemorga surtib qo’yilsa, tez orada tuzalib ketgan. Shuning uchun bu ziyoratgohni “Chechak piri […]

Go’zal Ota

Go’zal ota ziyoratgohi Go’zal ota ziyoratgohi Marhamat tumani Qoraqo’rg’on qishlog’ining G’urrak mahallasi xududidagi qabristonda joylashgan bo’lib, ushbu ziyoratgohni xalq orasida tabarruk maskan sifatida, ya’ni ko’zi og’riganlar uchun shifo topguvchi joy deb e’zozlanadi. Mazkur ziyoratgoh to’g’risida Obidjon Mahmudov shunday yozadi: “Qishloq axolisining og’zaki ma’lumotlari bo’yicha qaralganda, azizlardan biri eng birinchi bo’lib shu yerga dafn  etilgan. Go’zal […]

Ho’ja Bosmon Ota

Ho’ja Bosmon ota ziyoratgohi Mustaqillik O’zbekistonning haqiqiy va chin yangi tarixini tiklash uchun imkon yaratdi. Xalqimizning boy tarixini tiklashda milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning o’rni katta. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, xalq an’analarini va urflarini asrlar davomida o’zida saqlab kelayotgan maskanlar-tabarruk qadamjoylar, ziyoratgohlardir. Marhamat tumani o’zining qadimiy yodgorliklari, ziyoratgohlari, shifobaxsh buloqlari kabi tarixiy makonlariga boy xudud hisoblanadi. […]

Murishkor Ota

Murishkor ota ziyoratgohi Mirishkor ota uzoq davrlardan beri xalq orasida safarga chiquvchilarning piri sifatida e’zozlanib kelinadi. Shu sababli Mirishkor ota dafn etilgan ushbu maskan ziyoratgoh sifatida isnonlarning ardoqli joyiga aylangan. Ushbu ziyoratgoh Marhamat tumani Tandirchi qishlog’i xududida joylashgan. Mazkur ziyoratgoh to’g’risida Obidjon Mahmudov quyidagilarni hikoya qiladi: “Xoja Mirishkor ota yetti og’a-ini ichida to’ng’ich farzand bo’lib, […]

Oqbosh Ota

Oqbosh ota ziyoratgohi Oqbosh ota ziyoratgohi Marhamat tumani Oqbosh maxallasi xududida joylashgan bo’lib, uzoq yillar mobaynida shu yerlik insonlarning tabarruk maskani bo’lib xizmat qilgan. – Bu joyda Oqbosh otaning qabri, shuningdek, Xudoyorxonga xizmat qilgan Madumar dodhoh va uning avlodlarining ham qabrlari  bor  – deydi shu yerlik Toshpo’latov Arabboy ota. Oqbosh  ota ziyoragohi juda qadimdan elning […]