AQSH elchisi Mingtepada

Shu yil 14 aprel kuni AQSHning O’zbekistondagi muxtor elchisi Pamela xonim Spratlen Marhamat tumaniga norasmiy tashrif buyurdi. U tumanimiz markazidagi Mingtepa yodgorligi va “Turon” o’quv markazi qoshida tashkil etilgan “Mingtepa” tarixiy muzeyi eksponatlari bilan yaqindan tanishdi. Pamela xonim “Turon” o’quv markazidagi “Mehmonlar kitobi”ga quyidagi so’zlarni yozib qoldirdi:

– Samimiy mehmondo’stligingiz uchun katta rahmat. Siz bu alohida ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy joyning mudofaachilarisiz. Bu mening birinchi tashrifim va men O’zbekistonning o’zgacha bo’lagi bo’lmish bu joy haqida yanada bilishni xohlayman. Men AQSH xalqining vakili sifatida do’stlik niyatida bu yerga tashrif buyurdim.

Pamela SPRATLEN.

14 aprel, 2018 yil.

       

 

 

 

 

 

Manba: “Oq oltin” gazetasi.

Post Author: admin